Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda ona va bola vahshiylarcha o‘ldirilib, yoqib yuborilgani aytilmoqda

Sirdaryoda ona va bola vahshiylarcha o‘ldirilib, yoqib yuborilgani aytilmoqda

Sirdaryoda chamasi 30 yoshlardagi erkak o‘ziga yashash uchun uyidan joy bergan qarindoshlari bo‘lgan ona va bolani vahshiylarcha o‘ldirib, molxonada jasadlarini yoqib yuborganligi aytilmoqda. Bu haqda «Sirdaryo Xabarlari» xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, Boyovut tumanida 30 yoshlardagi erkak bugun 1 iyun kuni erta tongda xolasining o‘g‘li — 30 yoshlardagi bo‘lasi va 60 yoshlardagi xolasini vahshiylarcha o‘ldirgan va jasadlarni molxonaga olib borib, yoqib yuborgan. 

Mazkur mahallada yashovchi fuqarolardan birining ma’lum qilishicha, qotillikda gumonlanayotgan fuqaroga uning qurboni bo‘lgan xolasi o‘zi yashab turgan uyidan joy bergan.

«Erta tong bilan «pojarniy» xodimlari kelib, molxonadagi (qotillik sodir bo‘lgan hovlidagi) yong‘inni o‘chirishdi. Keyin boshqalari (boshqa huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar) kelishib, hovlini o‘rab olishdi. Shuning uchun molxona va hovlidagi yong‘in suratlarini olishni imkoni bo‘lmadi», — deydi mahalla fuqarolaridan biri.

Mazkur qotillik bilan bog‘liq xabarlar yuzasidan hali rasmiy ma’lumot berilmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryodagi dalalardan birida 100 foiz kuyib ketgan jasad topilgandi. Ma’lum vaqt o‘tib, Bosh prokuratura daladan topilgan murda bo‘yicha bayonot bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring