Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farruh Zokirovga  «Ozarbayjon Xalq artisti» faxriy unvoni berildi

Farruh Zokirovga  «Ozarbayjon Xalq artisti» faxriy unvoni berildi

«Yalla» guruhi solisti  Farruh Zokirovga  «Ozarbayjon Xalq artisti» faxriy unvoni berildi.

Bu haqda «Xabar.uz»ga ozarbayjonlik taniqli jurnalist Namiq Delidag‘li ma’lum qildi.

Delidag‘lining o‘z manbalariga tayanib yozishicha, mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev joriy yil 22-iyul kuni Farruh Zokirovga ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun ushbu yuksak mukofotni topshirishga doir qarorni imzolagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring