Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Madaniyat vaziri To‘ti Yusupovani yo‘qladi

Madaniyat vaziri To‘ti Yusupovani yo‘qladi

Foto: Madaniyat vazirligi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bugun O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbek milliy akademik drama teatri onaxon aktrisasi To‘tixonim Yusupovani yo‘qladi.

«Hamisha el ardog‘ida bo‘lgan To‘ti aya bilan suhbatlashdik. Ustoz san’atkor haqida  ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlar asossiz, sevimli onaxon aktrisamiz shogirdlari e’zozida. Ustozlarini o‘z onalaridek parvarishlayotgan shogirdlarining mehribonligi To‘ti ayaning teatrdagi bir necha yillar davomidagi ustozlik zahmatlarining samarasidir.

Muborak 85 yoshni qarshi olgan  onaxon aktrisa bilan suhbatimiz davomida teatr sahnasi, tasvirga olish jarayonlaridagi qiziq voqealarni tingladik», deb yozadi vazir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring