Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbek Milliy Akademik drama teatri matbuot xizmati xabar berdi:

«Ustoz san’atkor, o‘zbek teatr va kino san’atining yirik namoyandasi, o‘zbekning atoqli va ardoqli ijodkori, o‘z ijodiy uslubiga ega aktrisa, yurtning duogo‘y onaxoni, samimiy va kamtarin inson, O‘zbekiston xalq artisti To‘tixon Yusupova tabarruk 86 yoshda bandalikni bajo keltirdi

Allohning irodasi ekan, To‘tixon onamizning ortidan qoluvchilarga O‘zi chiroyli sabr bersin. Rahmatlining oila a’zolariga, barcha yaqinlariga ta’ziya bildiramiz. Alloh marhumaning manzil-makonini shoistai jannat qilib, oxirat saodatiga yetkazsin», —  deyiladi xabarda.

«Xabar.uz» tahririyati marhumaning oila a’zolari, yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring