Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek filmlari xalqaro festivallarda e’tirof etildi

O‘zbek filmlari xalqaro festivallarda e’tirof etildi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi» DUK tomonidan suratga olingan  «Matonat» hujjatli filmi Artemis distribyutorlari assotsiatsiyasi tomonidan Sloveniya davlatida bo‘lib o‘tgan kinofestivalda mukofotlandi.

Mazkur film Kinematografiya agentligi va Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda suratga olingan. Unda II jahon urushida qatnashgan 101 o‘zbekistonlik yurtdoshimizning urushda G‘alabaga qo‘shgan hissasi hamda Gollandiyaning Amersfort shahrida joylashgan konslagerlarda halok bo‘lgan o‘zbek askarlarining taqdiri haqida hikoya qilinadi.

Ssenariy muallifi Roziqa Mergenbayeva, rejissyor Shuhrat Mahmudov, prodyuser Firdavs Abduxoliqov, operatorlar Rifkat Ibragimov, Rustam Magadiyev, rassom Bektosh Rajabov, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy.

Shuningdek, Kinematografiya agentligi va Rossiyaning «Sputnik Vostok Prodakshn» kinokompaniyasi bilan hamkorlikda suratga olingan «Solnse na vkus» («Quyosh ta’mi») filmi  «makers & shakers AWARDS 2021» mukofotining «Lokatsiyadan mohirona foydalanish» nominatsiyasida ishtirok etadi.

«makers & shakers AWARDS 2021» mukofotining g‘oliblari joriy yilning 2021 yil 8 dekabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida e’lon qilinadi. Postanovkachi rejissyor Eldar Salavatov, film bosh prodyuseri Firdavs Abduxoliqov, operator Bahodir Yuldashev, rassom Yuriy Fomenko, prodyuser Aleksandr Kessel, rejissyor Tatyana Sulyayeva.

Kinokartina oilaviy fentezi janrida suratga olingan  «Solnse na vkus» («Quyosh ta’mi») filmi O‘zbekistonga safari chog‘ida g‘aroyib sarguzashtlar ishtirokchisiga aylangan moskvalik oddiy oila haqida hikoya qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring