Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Telegramdagi adabiy kanallarni bilasizmi?

Telegramdagi adabiy kanallarni bilasizmi?

Kollaj. Telegramdagi adabiy kanallar.

Foto: «Xabar.uz»

Telegram messenjerida turli soha va mavzudagi yuzlab kanallarni topish mumkin. Ularning aksariyati savdo-sotiq, tibbiyot, biznes kabi yo‘nalishlarda bo‘lib, yuz minglab a’zolarga egadir. Ular orasida adabiy kanallar ham yo‘q emas, garchi ularning a’zolari ko‘p bo‘lmasa-da, hozirga qadar o‘z muxlislariga sara ijod namunalarini taqdim etib kelishmoqda.

 

Muhammad Yusuf nomli kanal o‘zbek xalqining sevimli farzandi, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlanadi. Har kuni shoirning go‘zal she’rlari berib kelinadi.

A’zolari — 1247 nafar.

Ulanish: https://t.me/Muhammad_Yusupov

 

Yana bir she’riy kanal — «Adabiyot bo‘stoni»da o‘zbek va jahon adabiyotidan sara she’rlar berib boriladi. Unda a’zolar ham o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etib turishadi.

A’zolari — 778 nafar.

Ulanish: https://t.me/adabiyotbustoni  

 

Ochilganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da «DONISHMAND DUNYO» ham muxlislarini topishga ulgurdi. Yaxshi fikr — yaxshi amaldir shiori bilan faoliyat yuritayotgan ushbu kanalda kuzatishlar, asarlar iqtiboslar, hikmat va hikoyalar berib boriladi.

A’zolari — 648 nafar.

Ulanish: https://t.me/donishmanddunyo

 

Ko‘plab shoirlarning sevimli kanali bo‘lgan «She’r sehri» turli tanlovlar o‘tkazishi bilan ham ajralib turadi. Unda mashhur va yosh shoirlarning she’rlari berib boriladi. Shiori: O‘zbek she’riyatining kechasi va buguni bir yerda — ushbu kanalda!

A’zolari — 1134 nafar.

Ulanish:   https://t.me/sherSehri

 

«Mitti hikoyalar» nomli nasriy kanalda jahon va o‘zbek adabiyotidan qisqa va ta’sirli hikoyalar taqdim etiladi. Tanlovlar o‘tkazilib, g‘oliblarga kitoblar taqdim etiladi.

A’zolari — 1333 nafar.

Ulanish: https://t.me/mittihikoyalar

 

«Esdalik.uz» — yoshlik ilhomlari — shu nomli saytning rasmiy telegram kanalidir. Unda nazm, nasr, tarjima yo‘nalishlaridagi ijodiy ishlar berib boriladi. 2018 yilda taqdim etilgan eng sara ishlar kitob holida chop etilishi ko‘zga tutilgan.

A’zolari — 285 nafar.

Ulanish: https://t.me/esdalikuz

 

Shoir Usmon Azimning she’rlari o‘rin olgan kanal ham o‘z muxlislariga ega.

A’zolari — 274 nafar.

Ulanish: https://t.me/usmon_azim

 

Yozuvchi va shoir Nabi Jaloliddinning rasmiy kanali

Ulanish: NabiJaloliddin

 

Eslatma: Kanallar a’zolari soni 29-dekabr kuni hisoblangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring