Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim toifa xotin-qizlarga kontrakt puli to‘lab beriladi

Ayrim toifa xotin-qizlarga kontrakt puli to‘lab beriladi

Prezidentining 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qarori hamda 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga muvofiq, har yili bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat oliy ta’lim muassasasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilingan, ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari bo‘lgan talaba xotin-qizlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hisobidan o‘qitish tartibi joriy etilgan.

Hukumatning 2021-yil 17-sentyabrdagi 585-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab har yili o‘zlarining hududlaridan o‘qishga kirgan 40 nafardan, ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan 110 nafar, jami 150 nafar xotin-qizlar uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan bazaviy to‘lov-kontrakt summasini to‘rt o‘quv yilining yakunlanishiga qadar to‘lab beradi.

Buning uchun ariza oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga berilishi kerak.

Kimlarga beriladi:

  • kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila tushuniladi;
  • ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, ya’ni yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar;
  • ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, ya’ni boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.

Ushbu Nizom qoidalari:

  • ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun tanlovda ishtirok etgan talabgorlarga;
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari yoki ularning filiallari, nodavlat ta’lim xizmatlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari hamda oliy harbiy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring