Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX raisi Azizov Putin o‘tkazgan onlayn uchrashuvda ishtirok etdi

DXX raisi Azizov Putin o‘tkazgan onlayn uchrashuvda ishtirok etdi

Vladimir Putin MDH davlatlari xavfsizlik xizmatlari rahbarlari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi va «bir qator global xatarlar» bo‘yicha muloqot qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov ham qatnashdi.

RF prezidenti uchrashuvda dunyoda va mintaqada muammoli mojarolar ko‘lami yuqoriligicha qolayotganini, dunyo ko‘p qutbli bo‘lib borayotganini, biroq ba’zi ishtirokchilar har qanday yo‘l bilan gegemonlikni saqlab qolishga harakat qilayotganini ta’kidladi. 

Putin, shuningdek, Ukraina masalasiga ham to‘xtalib, Kiyevning «iflos bomba» tayyorlayotgani, Qo‘shma Shtatlar esa Ukrainadan «Rossiyaga qarshi qurol» sifatida foydalanayotgani aytib o‘tdi.

«Ukraina AQSh tashqi siyosatining quroliga aylandi, amalda o‘z suverenitetini yo‘qotdi.Mamlakat hududi biologik eksperimentlar uchun sinov maydoniga aylantirildi va endi u qurollar bilan to‘ldirilyapti. U yerda qora qurol bozori shakllanmoqda», – deydi Putin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring