Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi xorij mahsulotlariga ham iste’mol krediti ajratilishi mumkin

Endi xorij mahsulotlariga ham iste’mol krediti ajratilishi mumkin

Senatning bugungi o‘ttiz yettinchi yalpi majlisida «Moliyaviy iste’mol krediti berish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan «Iste’mol krediti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida»gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmagan tovarlar (xizmatlar) uchun ham iste’mol krediti ajratishga ruxsat berish ko‘zda tutilgan.

Xususan, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotiladigan tovarlar (xizmatlar), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga tashqaridan keltirilgan tovarlar (xizmatlar) uchun moliyaviy iste’mol kreditlari berish imkoniyatini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, Qonun bilan iste’molchi moliyaviy iste’mol krediti olish to‘g‘risida iste’mol tovarlarini (xizmatlarini) ishlab chiqaruvchi korxonani yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotni oldindan yozma shaklda xabardor qilish tartibi bekor qilinmoqda.

Qonunning qabul qilinishi aholi iste’mol kreditlarini rasmiylashtirishda yengiliklar yaratilishiga, mamlakatda mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamining kengayishiga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring