Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda oilaviy bog‘cha tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlandi

Jizzaxda oilaviy bog‘cha tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlandi

Jizzax viloyati Paxtakor tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tumanning Suvonobod mahallasidagi oilaviy bog‘cha tarbiyalanuvchilaridan 10 nafarga yaqini ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan yotqizildi.

Manbaning tasdiqlashicha, hozirda shifoxonaga tuman sektorlari rahbarlari yetib kelgan.

Bolalarning uy sharoitida tayyorlangan pishiriqdan zaharlangani aytilmoqda.

«Xabar.uz» muxbiri Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirishni ta’minlash bo‘limi boshig‘i O‘ktam Umarov bilan bog‘landi.

O‘ktam Umarov ayni paytda shifoxonaga ketayotgani va vaziyatni o‘rganishini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring