Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktab direktori o‘quvchini urib, quloq pardasini yirtib yubordi

Maktab direktori o‘quvchini urib, quloq pardasini yirtib yubordi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida maktab direktori o‘quvchining qulog‘iga urgan. Oqibatda o‘quvchining quloq pardasi yirtilgan. Bu haqda «Bu kun» dasturida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, Urgut tumanidagi maktablarning birida o‘quvchilar o‘tirgan sinfxonada bolalar tomonidan paqildoq portlatilgan. Shundan so‘ng, maktab direktori kelib o‘quvchilardan birining qulog‘iga shapaloq tushirgan.

«Mendan ayb o‘tmagan. Paqildoq portlagandan keyin direktor kelib, meni qulog‘imga shapaloq tushirdi .  O‘shanda qulog‘im shing‘illab qoldi. Baqirgan edim direktor shantaj qilma deb meni urib tashadi», deydi jabrlangan o‘quvchi.

Jarohatlangan o‘quvchi shifoxonaga olib borilgan. Shifokorning ta’kidlashicha, o‘quvchining quloq pardasi yirtilgan, quloqda qon qoldiqlari bor.

Shuningdek, o‘sha kuni sinfda bo‘lgan bolalar paqildoq maktab oshxonasidan sotib olinganini aytgan.

Jabrlangan bolaning otasi esa Ichki ishlar xodimlari holat bo‘yicha, hatto ariza ham olmaganini aytib, shikoyat qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, hozirda holat yuzasidan Urgut tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring