Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda haydovchi itni mashinasiga bog‘lab, shahar bo‘ylab sudrab yurdi (video)

Navoiyda haydovchi itni mashinasiga bog‘lab, shahar bo‘ylab sudrab yurdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Zarafshon tumanida itni tuman Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limiga tegishli «Damas» avtomobilida cudrab ketayotgani aks etgan videolavha tarqaldi.

«Mehr va Oqibat» jamg‘armasining yozishicha, hodisa mahalliy aholi vakillarining, jumladan yosh bolalarning ko‘z o‘ngida sodir etilgan.

«4-mikrohududdagi 37-uy yaqinida itga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lib, noma’lum shaxslar tomonidan «Damas» avotmobiliga bog‘lab, shahar bo‘ylab sudrab olib borishi aks etgan video yosh bolalarning ko‘z o‘ngida sodir etilgan.

Fuqaro R.Ya.ning xabar berishicha, uning bolasi ko‘rgan voqeasidan qattiq stressga tushgan va hozirgacha mashina orqasiga bog‘lab sudrab ketilgan itni o‘ldirilgan deb qo‘rquvda», — deyiladi Jamg‘arma xabarida.

Mazkur holat yuzasidan Zarafshon shahar hokimligi rasmiy munosabat bildirib, mazkur murojaat soha mutaxassislari tomonidan nazoratga olingani va muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilishini ta’kidlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring