Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston harbiy prokuroriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston harbiy prokuroriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Bosh prokurorning buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuroriga o‘rinbosarlar tayinlandi.

Unga asosan adliya polkovnigi Otabek Akbarovich Xolboyev O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O.Xolboyev tayinlovga qadar Toshkent harbiy prokurori lavozimida ishlagan.

Shuningdek, adliya podpolkovnigi Qahramon Anvarovich Isroilov O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.  

Q.Isroilov tayinlovga qadar Navoiy  harbiy prokurori lavozimida ishlagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring