Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pedofillarni kimyoviy bichish taklifi endi «yuqoriroqdan» tushyapti

Pedofillarni kimyoviy bichish taklifi endi «yuqoriroqdan» tushyapti

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov qonunchilikka pedofillarni kimyoviy bichish to‘g‘risidagi o‘zgartirishlarni kiritish kerakligini yozmoqda.

«Pedofillarga nisbatan kimyoviy kastratsiya jazosini qo‘llash yuzasidan qonunchilikka o‘zgartirish kiritish vaqti keldi», – deydi u.

Allamjonov, shuningdek, bu tartib xalqaro tajribada ham borligini, ayrimlarida hatto, o‘lim jazosi belgilanganini aytadi.

«Agar bu masala dunyo tajribasisiz bo‘lmaydi, qayda bor bu jazo, desangiz Qozog‘iston, Ukraina, Germaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Isroil, Janubiy Koreya, Fransiya, AQSh va hokazo davlatlarni ko‘ring. Ularda bor ekan bu jazo. Xitoy, Lotin Amerikasi davlatlari, Saudiya Arabistoni va Eronda birato‘la o‘ldirib yuborilar ekan», – deb yozadi Komil Allamjonov. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31-yanvar kuni Yangihayot tumanida zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilganidan keyin pedofillarga nisbatan jazoni keskin kuchaytirish haqida munozaralar yuzaga kelgandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring