Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Probatsiya bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha vakolatlar berilyapti

Probatsiya bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha vakolatlar berilyapti

Parlament Quyi palatasining bugun, 10 sentyabrdani majlisida nazorat ostidagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Muhokamada deputatlarning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda probatsiya nazoratidagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishi holatlari ortib bormoqda va bu ushbu yo‘nalishdagi huquqiy ta’sir choralarini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.

Jumladan, sud tomonidan belgilangan cheklov va majburiyatlarni bajarmagan probatsiya nazoratidagi shaxslar sodir etgan huquqbuzarliklar holatlari bo‘yicha tez va ta’sirchan choralar ko‘rilishini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari probatsiya bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha vakolatlar berish zarurati yuzaga kelmoqda.

Ushbu qonun loyihasi bilan esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ma’muriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rilishini ta’minlash hamda ichki ishlar organlari probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilyapti.

Ya’ni, ichki ishlar organlari nomidan 185-2 va 187-moddalari bo‘yicha probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish vakolati probatsiya xizmatining katta inspektoriga berilyapti.

Deputatlarning aytishicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi kelgusida probatsiya nazoratidagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish va ularga nisbatan qo‘llanilgan ta’sir choralarining natijadorligi oshishiga olib keladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring