Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda «Yoshlar turizmi» xalqaro II qurultoyi o‘tkazilmoqda

Qashqadaryoda «Yoshlar turizmi» xalqaro II qurultoyi o‘tkazilmoqda

Ayni kunlarda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidagi «Lochin» bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida «Yoshlar turizmi» xalqaro II qurultoyi o‘tkazilmoqda. Kuni kecha boshlangan ushbu tadbir 11 avgustga qadar davom etishi kutilmoqda.

Qurultoy doirasida Ekologiya, atrof muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida press-tur tashkil etiladi. Unda 30 dan ortiq jurnalist va blogerlar, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan chet el diplomatik korpus vakillariga taklifnomalar yuborildi.

Shuningdek, Qashqadaryo bilan birodarlashgan viloyatlar va shaharlar delegatsiyalari ham qurultoyga taklif etildi. Ular qatorida Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston kabi davlatlarning yoshlari ham bor.

Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston va boshqa bir qator davlatlarning yetakchi nashrlarida Qashqadaryoda o‘tkaziladigan xalqaro qurultoy haqida maqola va chiqishlar e’lon qilindi. O‘zbekistondagi mahalliy ommaviy axborot vositalarida esa 50 ga yaqin targ‘ibot materiallari yoritildi va efirga uzatildi.

Qurultoy doirasida tanlov, musobaqa, taqdimot, uchrashuv, aksiya, loyiha hamda kitobxonlik kuni, milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilgan. Xususan, bugun hududlardan kelgan yoshlar tomonidan «Eng yaxshi turizm loyihasi» tanlovi o‘tkazildi. Yoshlar o‘z startaplarini mutaxassislar e’tiboriga havola etishdi. E’tiborga loyiq loyihalar qo‘llab-quvvatlanishi bildirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring