Qator hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
Joriy yil 23-29 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning bir qator tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Jumladan:
- Qashqadaryo viloyatining Dexqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyatining Boysun, Qumqo‘rg‘on,Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyatining Nurobod, Qo‘shrobod, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chishi ehtimoli bor.
«Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», – deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter