Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qutqaruvchilarimiz Turkiyaning asosan o‘zbeklar yashaydigan qishlog‘ida ish boshladi

Qutqaruvchilarimiz Turkiyaning asosan o‘zbeklar yashaydigan qishlog‘ida ish boshladi

Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida safarbar etilgan O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilardan iborat otryadi Hatay viloyatining Ovakent qishlog‘ida qidiruv-qutqaruv ishlarini boshladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, bu hududda asosan 10 mingdan ortiq etnik o‘zbeklar istiqomat qiladi. 

Ayni paytda O‘zbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi va Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan fuqarolarni tabiiy ofat hududlaridan xavfsiz joylarga ko‘chirish va Vatanga olib kelishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, bir muddat oldin Turkiyaning Qahramonmarash shahridagi xalqaro musobaqada ishtirok etgan sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari Anqara shahriga olib o‘tilgani xabar qilingan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring