Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadagi o‘zbek jamiyati rahbariga nisbatan sud hukm o‘qidi

Rossiyadagi o‘zbek jamiyati rahbariga nisbatan sud hukm o‘qidi

Joriy yilning yanvar oyida Rossiyadagi «Vatandosh» o‘zbek jamiyati rahbari bozorlarda tuxum narxining oshishiga nisbatan yumor bilan chiqish qilgan Usmon Baratov hibsga olingan edi.

U aholi o‘rtasida adovat va nafrat uyg‘otganlik (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 282-moddasi 2-qismi)da ayblandi.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Moskva viloyati Stupinskiy shahar sudida mazkur ish doirasida Usmon Baratovga nisbatan hukmi chiqarilgan. Unga ko‘ra, Baratov 4 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Baratovga qarshi ish yanvar oyida Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikinning shaxsiy ko‘rsatmasi bilan ochilgan. Erkakning ta’qib qilinishiga uning Odnoklassniki sahifasidagi nashr sabab bo‘lgan. U Rossiyada tuxum narxi oshgani haqidagi xabarlardan so‘ng tovuqlar suratini karikatura qilgan  va tagiga «Tuxum bo‘lishi uchun xo‘rozlarni urushdan qaytaring», mazmunida izoh qoldirgan edi. 

Joriy yilning 27 fevralida esa Usmon Baratov Rosfinmonitoring ekstremistlar va terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgan.

O‘z navbatida, Baratov o‘ziga nisbatan bildirilgan ayblovlarga nisbatan, tovuqlarning satirik surati maxsus harbiy amaliyot ishtirokchilariga biror aloqasi yo‘qligini aytadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring