Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda hokimlik tomonidan o‘tkazilgan davlat xaridi bekor qilindi

Samarqandda hokimlik tomonidan o‘tkazilgan davlat xaridi bekor qilindi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi tomonidan o‘tkazilgan 200 mln so‘mlik davlat xaridi bekor qilindi.

Aksilkorrupsiya agentligi tomonidan olib borilgan monitoring natijasida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi buyurtmachiligida  «Ayollar daftari»da turgan fuqarolarga tikuv mashinalari xarid qilish yuzasidan 2023-yil 13-fevral kuni o‘tkazilgan 200 mln so‘mlik davlat xaridida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Xususan, monitoring natijalari davlat xaridida ishtirok etgan 3 ta talabgorlardan 2 tasi bir shaxsga tegishli ekanligi, ya’ni o‘zaro affillanganligi holatlari mavjudligini ko‘rsatdi. 

Shuningdek, ushbu xaridda ishtirok etgan 3 ta tadbirkorning  hujjatlari ham maxsus elektron platformaga buyurtmachiga tegishli kompyuterdan foydalanilgan holda yuklanganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritilgan. ShUningdek, chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborilgan. Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun esa Samarqand viloyat hokimligiga so‘rovnoma kiritilgan.

Viloyat hokimligi 2023-yil 27-fevral kuni holat yuzasidan kamchiliklar bartaraf etilib, xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilingani hamda o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan xarid komissiyasining raisiga nisabatan ma’muriy, bir nafar komissiya a’zosiga esa intizomiy javobgarlik qo‘llanilgani haqida ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring