Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Selda oqib ketgan yana bir qirg‘izistonlikning jasadi Andijondan topildi

Selda oqib ketgan yana bir qirg‘izistonlikning jasadi Andijondan topildi

Joriy yil 14-iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahrining qator qishloqlarida sel hodisasi kuzatildi. Kuchli suv oqimlari avtomobillarni oqizib ketgan, shahar infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazgan. Sel oqibatida besh kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan edi.

Mamlakat FVV selda halok bo‘lgan fuqarolardan biri – 1985-yilda tug‘ilgan B.A. (ayol)ning jasadi O‘zbekiston qutqaruvchilari tomonidan Andijon shahridagi kanaldan topilganini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 14-iyul kuni qidiruvdagi ayolni O‘sh shahri markaziy bozoridan sel olib ketgan. Shundan buyon fuqaro bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin 6-7 yoshlar chamasidagi qiz bolaning jasadi ham Andijondagi Shahrixonsoy soyidan topilgani xabar qilingan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring