Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sadir Japarov hokimiyat almashishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

Sadir Japarov hokimiyat almashishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

Qirg‘iziston Respublikasida hokimiyatni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirish uchun asoslar mavjud emas.

Bu haqda davlat rahbari Sadir Japarov "Kabar" davlat axborot agentligi vakillari bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi.

"Hech qanday to‘ntarish yoki shunga o‘xshash narsa bo‘lmaydi. Birinchidan, qonun buni nazarda tutmaydi, ikkinchidan, bunday vaziyat mavjud emas," — deya ta’kidlagan prezident.

Eslatib o‘tamiz, 10 fevral kuni Qirg‘iziston rahbari o‘zining uzoq yillik safdoshi, Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari bo‘lgan Qamchibek Tashiyevni egallab turgan lavozimidan ozod qilgan edi.

Ushbu voqeadan so‘ng parlament spikeri iste’foga chiqdi, shuningdek, bir qator vazirlar o‘z lavozimlarini tark etishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring