Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shusha shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi. Fuzuliy shahri aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Respublikasi rasmiy shaxslari kuzatib qo‘ydi.

Kuni kecha davlat rahbari Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyev hamrohligida Shushadagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Bugun Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tdi, unda Prezidentimiz hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatdi va muhim takliflar bilan chiqdi.

Shuningdek, sammit doirasida O‘zbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring