Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevro-2024: barcha yarim final ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Yevro-2024: barcha yarim final ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Yevro-2024: Niderlandiya Turkiyani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi.

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining so‘nggi chorak final uchrashuvida Niderlandiya terma jamoasi Turkiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi va u yerda Angliya bilan uchrashadi.

Ushbu o‘yinda dastlab turklar hisobni ochgan bo‘lsada, Niderlandiya yakunda ikkita to‘p kiritib, g‘alabani ilib ketishga muvaffaq  bo‘ldi. 

O‘z navbatida Angliya penaltilar seriyasida Shveysariyani mag‘lub etdi. Asosiy o‘yinda 1:1 natijasi qayd etildi. 

Shu tariqa, yarim final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:

Ispaniya - Fransiya
Niderlandiya - Angliya

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring