Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning «8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi

Shavkat Mirziyoyevning «8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning «8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi. Unga ko‘ra, bir qancha xotin-qizlar quyidagi orden va medallar bilan taqdirlanadi.

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Arziyeva Marxabo Imamnazarovna - «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining navli prokat sexi metall saralovchisi, Toshkent viloyati

Atabayeva Omatxon Karimjanovna - Andijon shahridagi «Siyovush gold trans» mas’uliyati cheklangan jamiyati haydovchisi, Andijon viloyati

Axmedova Zulfiya Raxmonovna - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining «Navoiy mashinasozlik zavodi» ishlab chiqarish birlashmasi temirchilik-presslash sexi mashinisti, Navoiy viloyati

Axmedshina Faniya Avzalovna - Jizzax davlat pedagogika universitetining umumiy tarix kafedrasi professori, Jizzax viloyati

Begmatova Azza - O‘zbekiston davlat drama teatri yetakchi sahna ustasi

Qobilova Mavluda Umrzoqovna - Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining bo‘lim yetakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati

Mazaxidova Nadira Tashpulatovna - Qo‘qon shahridagi «Qo‘qon yor-yori» ashula va raqs folklor-etnografik ansambli musiqa rahbari, Farg‘ona viloyati

Mamatkulova Aysara Berdikulovna - Sardoba tumanidagi «Nurafshon dala sari» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati

Matyakubova Mexriban Kadamovna - «Hunarmand» uyushmasining Xiva shahar bo‘limi a’zosi, kashtachi, Xorazm viloyati

Narmuradova Maxbuba Akramovna - Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasining farroshlar brigadasi boshlig‘i, Samarqand viloyati

Rajabova Marhabo Muxammadiyevna - Qorako‘l tumanidagi «Xosiyatli Qorako‘l nuri» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Buxoro viloyati

Rasulova Muqaddam Mansurjonovna - O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi direktorii

Saidmurodova Maksuda - Mingbuloq tumani mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining maslahatchisi, Namangan viloyati

Xaitova Ayjomal Nazirovna - Oltinsoy tumanidagi «Tuyaqush tillolari» oilaviy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati

Xojametova Zamira Jumabayevna - Qo‘ng‘irot tumanidagi «Kungrad agro-solodko system» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

«Do‘stlik» ordeni bilan

Aytbagambetova Aybatsha Bekberdiovna - Guliston shahridagi «Do‘stlik» madaniyat markazi xoreografi, Sirdaryo viloyati

Alimova Arzixan Abdillayevna - «Hunarmand» uyushmasining Jizzax viloyati boshqarmasi a’zosi, quroqchi

Atalikova Yevgeniya Vladimirovna - Quvasoy shahridagi «Quvasoysement» aksiyadorlik jamiyatining xomashyoni qayta ishlash uchastkasi kran mashinisti, Farg‘ona viloyati

Bayramova Natalya Shamuratovna - Tuproqqal’a tumanidagi «Matyoqub Qodir» chorvachilik fermer xo‘jaligi texnologi, Xorazm viloyati

Vasileva Tatyana Aleksandrovna - «O‘zaeronavigatsiya markazi» davlat unitar korxonasining Havodagi harakatni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi Toshkent markazi hududiy bo‘linmasi dispetcheri

Djurakulova Saodat Eshqobilovna - Boysun tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

Ismailova Gavxar Abdumananovna - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Mis eritish zavodi misni elektrolizlash sexi kran mashinisti, Toshkent viloyati

Kaipova Gulistan Sarsenbayevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog‘iston filiali jonlantirish bo‘limi shifokori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kayumova Maxfuza Abdinabiyevna - Paxtachi tumanidagi «Paxtachi agro hamkor tomorqa xizmati» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Samarqand viloyati

Lyan Yekaterina - Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining issiqxonada sabzavot, poliz ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasi mudiri

Nasridinova Shoxida Taufikovna - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Milk Foods Trade» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri

Nesterovich Lyudviga Petrovna - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, haykaltarosh

Riskulova Aynogul Junusovna - Marhamat tumanidagi «Marhamat 112-qurilish» mas’uliyati cheklangan jamiyati pardozchisi, Andijon viloyati

Salimova Manzura Alimovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi

Sariyeva Nurbibi Baymaxanovna - Konimex tumanidagi «Qorako‘l Uchtepa sur» mas’uliyati cheklangan jamiyati cho‘poni, Navoiy viloyati

Xalbayeva Dilrabo Djurabekovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi

Cho‘liyeva Ziynat Boboyevna - «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining Buxoro filiali axborot xavfsizligi va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini boshqarish bo‘limi muhandisi, Buxoro viloyati

Ergasheva Tanzila Nizamovna - Namangan shahridagi «Art Soft Tex» mas’uliyati cheklangan jamiyati tikuvchisi, Namangan viloyati

Yuldasheva Mavluda Melikovna - Shahrisabz shahridagi «Ipak yo‘li» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qashqadaryo viloyati

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Dadaboyeva Manzuraxon - Andijon tumanidagi 10-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati direktori, Andijon viloyati

Zoirova Aziza Ibragimovna - Qarshi davlat universitetining fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, Qashqadaryo viloyati

Zoxidova Mamuraxon Nasilloyevna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining o‘quv-metodika va harbiy-vatanparvarlik bo‘limi boshlig‘i, yozuvchi

Mirzayeva Mehriniso Latipovna - G‘ijduvon tumanidagi «Marjona E’zoza» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, Buxoro viloyati

Eshmamatova Dilorom Baxramovna - Sergeli tumanidagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Toshkent shahri

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Gadoyeva Dilfuza Mustafoyevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali og‘ir kuyish jarohatlari bo‘limi katta hamshirasi, Buxoro viloyati

Xolmurodova Zamira Baxromovna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali nevrologiya bo‘limi mudiri, Jizzax viloyati

Shavazova Muhabbat Ismatovna - Respublika perinatal markazining chaqaloqlar anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi

Yuldasheva Rayxon Sayfidinovna - Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali ko‘z jarrohi, Samarqand viloyati

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Madaliyeva Feruza Maxamadovna - «Taraqqiyot» aholining turmush tarzini rivojlantirishga ko‘maklashish markazi rahbari, Farg‘ona viloyati

Mirzayeva Yelena Sadullayevna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Foreign Languages» telekanali xorijiy tillardagi ilmiy-ma’rifiy va badiiy dasturlar muharririyati bosh muharriri

Erkayeva Shoira Bahramovna - Qamashi tumanidagi «Mironshoh va Ibrohimjon» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Aleuova Gulistan Userbayevna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining xalqaro-huquqiy masalalar bo‘yicha katta yordamchisi

Axatova Zamira Rustamovna - Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, Samarqand viloyati

Rasulova Lola Anvarovna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasining «Xo‘jayli» chegara bojxona posti katta inspektori

Raxmatova Gulzoda Shovrukjonovna - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Aytmuratova Sarbinaz Yelmurat qizi - Nukus shahridagi Yoshlar texnoparkining innovatsion loyihalarni jalb qilish va saralashni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Davronova Sharifa Jamsherovna - Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Mannopova Fotima Said qizi - Toshkent shahridagi «Techno time academy» robototexnika maktabi direktori

«Shuhrat» medali bilan

Abdiyeva Mu’tabar Arslonovna - Sirdaryo tumanidagi «Reka-Med Farm» mas’uliyati cheklangan jamiyatining infuzion eritmalar ishlab chiqarish sexi yig‘uvchi-qadoqlovchisi, Sirdaryo viloyati 

Abdukadirova Saida Islamovna - «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyatining «Toshkent issiqlik elektr stansiyasi» filiali markazlashtirilgan ta’mirlash sexi kran mashinisti, Toshkent viloyati

Azimova Gulmira Djaxanovna - Samarqand viloyati transport boshqarmasining tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi tramvay haydovchisi

Artikova Dilnoza Ilxombayevna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati bo‘linmasi raqqosasi

Voxidova Nilufar Umarovna - «Hunarmand» uyushmasining Chust tumani bo‘limi a’zosi, do‘ppido‘z, Namangan viloyati

Dauletmuratova Zulxumar Maxsetovna - Xo‘jayli tumanidagi 2-oilaviy bolalar uyi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Ziyatova Maxmuda Mamatqulovna - Sharof Rashidov tumanidagi «Maxmuda Zarina Zarifa» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Jizzax viloyati

Ismadiyarova Dilaram Tulkunovna - O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Sirdaryo viloyati bo‘limi mutaxassisi, «Oqila ayollar» harakati a’zosi

Kasimova Shaxzodaxon Ramizidinovna - O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Fan va innovatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi

Kasimova Shoira Satvoldiyevna - Andijon viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi

Qaxorova Iroda Iminjonovna - Uychi tumanidagi «Ziyokor» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Namangan viloyati

Qilicheva Oysha Tenglashevna - Nurota tumanidagi «Muruvvat» nogironlar uchun erkaklar internat uyi xo‘jalik bekasi,  Navoiy viloyati

Mexmonova Ro‘zixon Abduvaliyevna - Baliqchi tumani yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash-foydalanish korxonasi ishchisi, Andijon viloyati

Mustafayeva Shaxnoza Bayzakovna - Yangiyo‘l shahridagi «Dugonalar» nogiron ayollar jamiyati raisi, Toshkent viloyati

Muxutova Lola Muhammadovna - Olot tumanidagi «Olot kashtado‘zlari» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati

Nurjanova Saboxat Shomuratovna - «Ichan qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasi ekskursovodi, Xorazm viloyati

Samiyeva Guzal Muxitdinovna - Sariosiyo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

Sulaymonova Gulchexra Toxir qizi - «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi» aksiyadorlik jamiyatining ko‘prikli kran mashinisti

Usmonova Gulnora Xoshimjonovna - Bag‘dod tumanidagi «Gulnora Matqulobod bodomlari» ishlab chiqarish kooperatsiyasi rahbari, Farg‘ona viloyati

Fayzullayeva Nasiba Nurullayevna - «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining polipropilen qop ishlab chiqarish sexi operatori, Navoiy viloyati

Xaliyarova Xabiba Alekseyevna - G‘uzor tumanidagi «Mohigul Mohlaroyim jilosi» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati

Xodjibolayeva Ra’no Odilovna - Farg‘ona shahridagi «Surxtepa» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Farg‘ona viloyati

Sherova Zulfiya Maxmudovna - Sho‘rchi tumanidagi «Sho‘rchi Aziz agrofirma» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari,  Surxondaryo viloyati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring