Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘raqo‘rg‘on IESdagi holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

To‘raqo‘rg‘on IESdagi holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi magistral gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik maxsus brigada tomonidan bartaraf etilmoqda.

Energetika vazirligi bergan qo‘shimcha ma’lumotga ko‘ra, mazkur ta’mirlash ishlari bugun, soat 18:00ga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilgan. Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qisqa fursatda ishga tushirilib, elektr energiyasini uzata boshlaydi.

Hozirgi paytda yo‘qotilgan quvvatni tiklash uchun Toshkent, Yangi Angren, Sirdaryo IESlari hamda Chorvoq gidroelektr stansiyasidagi zaxira energobloklar ishga tushirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin IESni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi magistral gaz quvuri hududi noma’lum shaxslar tomonidan kavlanishi natijasida quvurlarga zarar yetgani haqida xabar berilgan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring