Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘rtko‘lda 8 ta uy va 2,5 gektar yerni suv bosdi (foto)

To‘rtko‘lda 8 ta uy va 2,5 gektar yerni suv bosdi (foto)

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi kanalda suv bosimi ortishi oqibatida uylarni suv bosgani aks etgan suratlar tarqaldi. 

Qoraqalpog‘iston Suv xo‘jaligi vazirligi mazkur vaziyat yuzasidan rasmiy ma’lumot berib, ma’lum qilishicha, joriy yilning 24-fevral kuni soat 04:00 atrofida To‘rtko‘l tumanidagi «Kalta minor-1» xo‘jaliklararo kanali 192-piketida yon tomondan (to‘g‘on) suv tushishi natijasida hududdagi uylar va binolar shikastlangan.

Ishchi kuchlari va maxsus texnika safarbar qilinib, ertalab soat 7:00 da kanaldan suv chiqqan joy butunlay yopilgan.

Suvning yuvilishi va kanal qirg‘oqlarining qulashi natijasida 8 ta xonadonning uy-joylari va 2,5 gektar ekin maydonlari zarar ko‘rgan.

Qayd etilishicha, kanalda o‘tgan yilning kuz faslidan buyon suv sathi hozirgidek ko‘tarilmagan va dastlabki taxminlarga ko‘ra, qirg‘oq kanal yoqasidagi kemiruvchilar uyasi orqali o‘pqon ochilib, yuqoridagi holat yuzaga kelgan.

Shuningdek, salbiy holatning yuzaga kelishida hududga biriktirilgan suvchilarning o‘z vazifasiga loqaydlik bilan qaragani yoki ayrim suv iste’molchilari (fermer, tomorqa yer egalari)ning suvni boshqarishda belgilangan me’yor va talablarga bo‘ysunmasdan, o‘zboshimchalik bilan harakat qilgani holatlari ham tekshirilmoqda.

Ayni vaqtda ziyon miqdoriga aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda.

Rasmiy munosabatda aholi vakillarining hodisada jabrlangan yoki yo‘qligiga aniqlik kiritilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring