Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan Ostonaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi

Toshkentdan Ostonaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi

Uzbekistan airways kompaniyasining HY721 Toshkent – Ostona yo‘nalishida parvoz qilgan  A-320 samolyoti ortga qaytdi.

Xabar berilishicha, bunga yuk bo‘limi eshigining noto‘g‘ri signalizatsiyasi ishga tushganligi sabab bo‘lgan.

«Ekipaj balandlikka ko‘tarilishni to‘xtatib, protseduralarga muvofiq jo‘nab ketish aeroportiga qaytishga qaror qildi», – deyiladi xabarda.   

Aviakompaniya mutaxassislari havo kemasini parvozga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha barcha zarur ishlarni amalga oshirgan va «havo kemasi yaqin fursatlarda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshiradi».  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring