Yangi Toshkent tumani hududiga o‘tayotgan mahallalar soni ma’lum bo‘ldi
![Yangi Toshkent tumani hududiga o‘tayotgan mahallalar soni ma’lum bo‘ldi](https://xabar.uz/static/crop/3/2/920__95_3273934390.jpg)
Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi hisobotiga ko‘ra, Toshkent viloyatidan umumiy hisobda jami 37 ta MFYlar Yangi Toshkent hududiga o‘tmoqda.
Ular Yuqori Chirchiq tumanidan:
- to‘liq - 20 ta
- qisman - 11 ta
O‘rta Chirchiq tumanidan:
- to‘liq - 3 ta
- qisman - 3 ta
Eslatib o‘tamiz, avvalroq viloyatning 20 mingga yaqin ko‘chmas mulk ob’yektlari Yangi Toshkent tumani hududiga o‘tayotgani aytilgandi. Ushbu ob’yektlarning soni jami 19 723 tani tashkil etgan.
- Turar joylar - 18 773 ta;
- Noturar joylar - 891 ta;
- Ko‘p qavatli uylar - 52 ta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter