Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yunusoboddagi maktab o‘qituvchilari o‘z xohishlari bilan ishga chiqqan – Boshqarma

Yunusoboddagi maktab o‘qituvchilari o‘z xohishlari bilan ishga chiqqan – Boshqarma

Kecha ijtimoiy tarmoq sahifalarida joriy yil 9-noyabr kuni ertalab soat 9:00 dan Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 288-maktab o‘qituvchilari maktab hovlisida ishlashga majbur qilingani aytilgan xabar tarqalgan edi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tushuntirish berdi.

Unga ko‘ra, mazkur maktab pedagoglari va texnik xodimlari «yurtimiz bo‘ylab uyushtirilayotgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish yumushlarida o‘z xohishlariga ko‘ra» qatnashgan.

«Tadbir doirasida mavsumiy gul va turli manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, maktab hovlisi, ariqlar xazonlardan  tozalangan. Hech bir pedagog-xodim mazkur xayrli ishni amalga oshirishga majburlanmaganligini bildiramiz», – deyiladi Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tushuntirishida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring