Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Android-smartfonda ko‘rinmas fayl va papkalar yaratishni bilasizmi?

Android-smartfonda ko‘rinmas fayl va papkalar yaratishni bilasizmi?

Foto: «68bit.ru»

Istasangiz-istamasangiz ba’zida telefoningizni begona qo‘llarga tutqazishingizga to‘g‘ri keladi: kimdir qo‘ng‘iroq qilib olay deydi, yana kimdir siznikidek smartfon olmoqchi va tanishmoqchi, xullas... Xullas, siz shaxsiy fayllaringizni hech kim ko‘rishini istamaysiz.


Eng yaxshi chora — fayllarni yoki ular joylashgan papkalarni ko‘rinmas qilib qo‘yish.


Birinchi usul

1) Fayllar menejerini oching

2) O‘zingiz yashirmoqchi bo‘lgan papkaga o‘ting

3) Unda bo‘sh matnli fayl yarating va .nomedia deb nomlang

4) Smartfonni (yoki planshetni) o‘chirib-yoqing.

Ikkinchi usul

1) Fayllar menejerini oching

2) O‘zingiz yashirmoqchi bo‘lgan papkani belgilab oling

3) Opsiyalarga kirib bu papkani qayta nomlang

4) Shunday qayta nomlangki, oldida nuqta bo‘lsin: masalan, «.downloads»

5) Fayllar menejeri sozlamasiga kirib, «Yashirilgan fayllarni ko‘rsatish» («Pokazivat skritie fayli») belgisini olib tashlang.


Papkani ko‘rinarli holatga qaytarish

Birinchi usul uchun

1) Fayllar menejerini oching

2) Agarda .nomedia faylini yaratgan bo‘lsangiz, uni o‘chirib tashlang

3) Smartfonni (yoki planshetni) o‘chirib-yoqing.

Ikkinchi usul uchun

1) Fayllar menejerini oching

2) Faylni qayta nomlagan bo‘lsangiz, oldidagi nuqtani olib tashlang

3) «Yashirilgan fayllarni ko‘rsatish» («Pokazivat skritie fayli») belgisini yoqing.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring