Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ko‘p o‘tirish — ko‘p kasalliklar sababchisi

Ko‘p o‘tirish — ko‘p kasalliklar sababchisi

Illyustrativ foto

Shifokor-osteopat Anna Iordanyan doimiy tarzda o‘tirib ishlash, umuman, kamharakat turmush tarzining jiddiy oqibatlaridan ogohlantirdi.

Kamharakatlilik birinchi navbatda insonning tayanch-harakatlanish tizimi uchun zararli. Belda og‘riqlar, tanada bukilishga moyillik paydo bo‘ladi. Potensiyaning pasayishi, gemorroy va varikozning rivojlanishi kabi xavfli tomonlari bor, deya ta’kidladi mutaxassis.

Yana bir xavfli jihati — limfalar faoliyati buzilishiga olib kelishi va buning oqibatida shishlar paydo bo‘lishi mumkin. Qolaversa, bir joyda uzoq o‘tirib ishlash yurak-qon tomir tizimi faoliyati uchun ham zararlidir.

Yuqoridagi kabi xatarlarga yo‘liqmaslik uchun tanaffuslar kerak: o‘tirib ishlovchilar kamida har ikki soatda yurib turishlari lozim. Hatto o‘tirgan joyda ham ayrim mashqlarni bajarish foydadan xoli emas. O‘tirib-turish mashqini bajarish yaxshi samara beradi — bu barcha mushaklarga birdek ta’sir qiladi, dedi Iordanyan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring