Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Qahramoni Hasan Normurodov vafot etdi

O‘zbekiston Qahramoni Hasan Normurodov vafot etdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Qahramoni, Oliy Majlis Senati a’zosi Hasan Normurodov vafot etdi.

Hasan Normurodov uzoq yillar xalq ta’limi tizimida ishlagan. Keyinchalik «Nuroniy» jamg‘armasining Samarqand viloyati bo‘limi raisi sifatida mehnat faxriylarini ijtimoiy himoya qilish ishlariga katta hissa qo‘shgan. So‘nggi kunlarda Samarqand viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.

82 yashar Hasan Normurodov jonkuyar va samimiy inson sifatida viloyat aholisi o‘rtasida hurmat qozongan. 2019 yilda Prezidentimiz farmoniga ko‘ra «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialida davolanayotgan Hasan Normurodovni yaqinda prezident Shavkat Mirziyoyev borib ko‘rgandi.

«Xabar.uz» tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring