Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abror Zohidov

Kelajakka umid qilish yaxshi, ammo ayni dam ham go‘zal ekanligiga shukr qilish undanda yaxshi.

Nechun bu qadar ojiz holga tushdik?

Nechun bu qadar ojiz holga tushdik?

Foto:«Gorodsky reporter»

Shifokorni och qoldirib poraga o‘rgatdik, uning ham bola-chaqasi bor. Natija esa ko‘p kuttirmadi – bemorning salomatligi tushumning barakasiga bevosita bog‘lanib qoldi;

• Gigiyena degan fanni genetika singari uzoq bildik (aksariyatimiz ikkovini farqlay olmaymiz, yanada to‘g‘rirog‘i – ikkovi nimaliginiyam bilmaymiz), elementar qoidalarni na o‘rgandik, na o‘rgatdik;

• To‘y qildik, na ziyo bergan o‘qituvchini, na shifo bergan do‘xtirni e’zozladik. Kreslosi singari yo‘g‘on amaldorni to‘rga chiqarib, o‘zimiz yarim soatga kelgan po‘rim otarchining atrofida yaltoqlandik, ustidan topganimizni sochdik;

• «Sog‘lom turmush tarzi» degan gap «Nil daryosidagi timsoh» degan ibora singari bizdan nari bo‘ldi. Unga amal qilmaganimiz kamlik qilganday yilda bir marta salomatlikni tekshirishga chorlovlarni ham qulog‘imiz olmadik;

• Shifokor ko‘rigiga, sog‘liqqa topilmagan vaqt va pul choyxonaga, gapga muntazam topilib turdi. Qornimiz chiqdi, lekin aqlimiz kirmadi;

• Enamiz bo‘lgan tabiatga shafqatsizlik ko‘rsatdik. Chiqitga, ayniqsa yelimga to‘ldirib nafasini bo‘g‘dik. Endi u bizning nafasimizni bir lahza bo‘g‘ganida dod-voy qilmoqdamiz;

• Bizni alohida tekshirib, yonimizda turgan shifokorning emas, internetda chiroyliroq gapirgan artistning tavsiyasi bizga jo‘yali tuyildi. Shunga amal qildik;

• Doriga ruju qo‘ydik, tanamizni sinov maydoniga aylantirdik, biror kasallikka mustaqil qarshi tura olmaydigan holga keltirdik;

• «Bitta shifoxona, bitta maktab, o‘nta siti» nisbatini qildik. Tibbiy maskanlar nurab boraverdi;

• Tez yordamni o‘zimiz chaqirib, o‘zimiz tepkilab tahqirladik. Qizig‘i, buning uchun birortamiz jazo ham olmadik!

Ana shunday «bagaj» bilan koronavirusni kutib oldik va «Kasallik nega chekinmayapti?», – deb hayratdamiz yana...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring