Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Anvar Namozov

Dunyoda tasodif yo‘q, bu so‘zlarni o‘qiyotganingiz ham tasodif emas!

1970-yili tug‘ilgan. 1993-yili SamDUning o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan. Faoliyatini «Zarafshon» gazetasida boshlagan. «Yagona himoyachi» feletoni, «Televizorni o‘chirishni unutmang», «Shaxsiy manfaat haqida», «Bo‘yningizdagi kishanni olib tashlang», «Iymoningiz butmi, birodar?» va boshqa maqolalari shov-shuvlarga sabab bo‘lgan.

Ma’lum muddat Samarqand viloyati hokimligida ishlagan. 1999-yildan boshlab salkam 10 yil mobaynida «Darakchi» gazetasida bosh muharrirlik qilgan (Uning rahbarligida gazeta adadi 1000 donadan 244.000 tagacha ko‘tarilgan). So‘ngra «Yangi asr avlodi» nashriyot-matbaa markazida bosh muharrir bo‘lib ishlagan.

Ayni damda Anvar Namozov «Yangi kitob» nashriyotida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yana