Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp NATO davlatlaridan Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishda yordam so‘radi

Tramp NATO davlatlaridan Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishda yordam so‘radi

Donald Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali neft va gaz oladigan davlatlar uning xavfsizligini ta’minlashda o‘zi ham qatnashishi kerakligini bildirdi. U, xususan, NATO davlatlarini AQShga yordam berishga chaqirgan. Bu haqda Reuters va boshqa nashrlar xabar berdi.

Trampning aytishicha, Vashington boshqa davlatlar bilan bo‘g‘oz xavfsizligini ta’minlash va uni nazorat qilishda ishtirok etishi bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. U bu chaqiriqni «kichik vazifa» deb atagan va AQSh NATOga, jumladan Ukraina masalasida yordam berib kelganini eslatgan. Shu bilan birga, u agar ittifoqchilar yordam bermasa, NATO uchun «juda yomon kelajak» bo‘lishi mumkinligini ham aytgan.  

Ammo hozircha bir qator davlatlar bu tashabbusga ehtiyotkor munosabat bildirmoqda. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Yaponiya va Avstraliya Hurmuzga harbiy kema yuborish rejasi yo‘qligini aytgan. Germaniya esa Yevropa Ittifoqining mavjud dengiz missiyasini bu hududga kengaytirishga shubha bilan qarayotganini bildirgan.

Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa ayrim davlatlar ham ehtiyotkor pozitsiyada qolmoqda. Xabarlarga ko‘ra, London to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy qatnashuvdan ko‘ra cheklangan yordam variantlarini ko‘rib chiqmoqda, Avstraliya esa urush kemasi yuborishni rad etgan.

Ayrim tahlilchilar, Trampning ushbu chaqirig‘i NATO davlatlarini Eronga qarshi urushga rasman qo‘shilishga ochiqchasiga emas, balki Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bahonasida jalb qilishga qaratilganini aytmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring