Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampga Grenlandiya bo‘yicha yangi taklif berildi

Trampga Grenlandiya bo‘yicha yangi taklif berildi

NATO Bosh kotibi Mark Ryutte AQSh prezidenti Donald Trampga Grenlandiya atrofidagi mojaroni yumshatish uchun Daniya bilan yangi kelishuv tuzish taklifini bildirgan. Bu haqda CNN Yevropa diplomatik manbasiga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, AQSh va Daniya 1951-yilda imzolangan Grenlandiyani himoya qilishga oid kelishuvni qayta ko‘rib chiqish orqali mojarodan qochishi mumkin. Ushbu hujjat Grenlandiyani qo‘shma tarzda mudofaa qilishni hamda AQShning orol hududida harbiy bazalar joylashtirishini nazarda tutadi.

CNN’ning ma’lum qilishicha, Mark Ryutte mazkur masalani rasmiy emas, balki yopiq muloqotlar doirasida ko‘targan. Yangi kelishuv variantiga Grenlandiyada Xitoy investitsiyalarini qat’iy cheklash yoki taqiqlash bo‘yicha aniq kafolatlar kiritilishi mumkin.

NATO Bosh kotibining maqsadi – AQSh va Daniya o‘rtasida ochiq ziddiyat kelib chiqishining oldini olish va Grenlandiya atrofidagi geosiyosiy keskinlikni pasaytirish ekani ta’kidlanadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring