Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda petitsiya yuborish bo‘yicha portal ishga tushadi

O‘zbekistonda petitsiya yuborish bo‘yicha portal ishga tushadi

Foto: Harakatlar strategiyasi markazi

«UZINFOCOM» Yagona integratori dasturchilari tomonidan tayyorlangan «Mening fikrim» maxsus portali 2018-yilning 20-aprelida ishga tushirilishi haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi qonunchilik muammolari va Parlament tadqiqotlari instituti hamda qator mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda www.meningfikrim.uz portali ishlab chiqildi.

Portal bugun, 20-aprel kuni soat 16:00 (Toshkent vaqti bilan)da ishga tushirilib, fuqarolardan elektron jamoaviy murojaatlarni qabul qila boshlaydi. Jamoaviy murojaat foydalanuvchilar tomonidan 4 bosqichda amalga oshiriladi:

— Avtorizatsiya va murojaatni yaratish;

— Ekspertiza va murojaatni joylash;

— Murojaatga ovoz berish;

— Murojaatni ko‘rib chiqish.

Demak, bu holatda ushbu portal orqali elektron tarzda petitsiya yuborish ham mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring