Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh davlat qarzi rekord darajaga yetdi

AQSh davlat qarzi rekord darajaga yetdi

Obama prezidentlik qilgan sakkiz yil davomida qarzdorlik deyarli ikki barobar — 10,6 trilliondan 19,9 trillion dollargacha ortgan.

Foto: «112.ua»

AQShning davlat qarzi rekordni yangiladi va navbatdagi marrani zabt etdi. Mamlakat moliya vazirligining ma’lumotlari shundan darak bermoqda.

Hozir dunyoning yetakchi davlati hisoblangan AQSh davlat qarzlari bo‘yicha ham yetakchilikni boy bermay kelmoqda. Bugungi kunga kelib bu davlatning qarzlari 21 trillion dollardan oshdi.

Bunda davlatning ichki qarzlari 5,6 trillion dollarni, xususiy sarmoyadorlar – jismoniy va yuridik shaxslar oldidagi qarzi 15,3 trillion dollarni tashkil qilmoqda.

Donald Trampning saylovoldi va’dalaridan biri davlat qarzini kamaytirish va butunlay yo‘q qilish bo‘lgan. Prezident o‘tkazadigan iqtisodiy islohotlari qarzdorlikdan qutulishga zamin yaratishini e’lon qilgandi. Ammo Tramp prezidentligining dastlabki yilida davlat qarzi trillion dollardan ko‘proq ortdi.

Davlat qarzining ortavergani uchun respublikachilar sobiq prezident Barak Obamani muntazam tanqid qilib kelishgan. U prezidentlik qilgan sakkiz yil davomida qarzdorlik deyarli ikki barobar — 10,6 trilliondan 19,9 trillion dollargacha ortgan.

Shuningdek hozir AQSh budjeti defitsiti ham oshib bormoqda. Birgina joriy yilning fevral oyida defitsit ham rekord miqdor — 215 milliard dollarga yetgan, deb yozadi «Lenta.ru».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring