Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shengen zonasi: Xorvatiya qabul qilindi, Ruminiya va Bolgariyaga rad javobi berildi

Shengen zonasi: Xorvatiya qabul qilindi, Ruminiya va Bolgariyaga rad javobi berildi

Foto: Immigrant Invest

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Shengen zonasiga Xorvatiyani qabul qilib, Ruminiya va Bolgariyaga rad javobini berishdi.

Danas nashri yozishicha, chegara nazorati Xorvatiyaning quruqlik va dengiz yo‘llarida 2023-yilning 1-yanvaridan, aeroportlarida 2023-yilning 26-martidan bekor qilinadi.

Nega Yevroittifoq Bolgariya va Ruminiyani Shengen zonasiga qabul qilmadi?

Bu mamlakatlarning zonaga qo‘shilishiga, jumladan, Avstriya va Niderlandiya qarshi chiqdi. Kansler Karl Nehammerning aytishicha, hozir Avstriyada noqonuniy muhojirlik muammosi o‘tkir tus olgan, avval shuni hal qilish zarur. Ya’ni bu «qochoqlar yo‘li»ga aylangan Bolgariya va Ruminiyaga bevosita bog‘liq. Xorvatiya esa blokning tashqi chegaralaridagi o‘z qismini samarali himoyalay olishiga Bryusselni ishontira oldi. Bu mamlakatni yevroekspertlar 2016–2020-yillar davomida obdan o‘rganishdi.

Ma’lumot uchun: Shengen zonasi 26 mamlakat, jumladan, YeI a’zosi bo‘lmagan Shveysariya va Norvegiyadan iborat edi. Xorvatiya — 27-a’zo.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring