Antaliyada bir o‘zbek mototsikl urib halok bo‘ldi
![Antaliyada bir o‘zbek mototsikl urib halok bo‘ldi](https://xabar.uz/static/crop/1/5/920__95_157605757.jpg)
18 iyul kuni Antaliyada O‘zbekiston fuqarosi yo‘lni kesib o‘tayotganda mototsikl urib ketgan va u voqea joyida vafot etgan.
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, vaziyat nazoratga olingan va marhumning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
O‘zbekistonlikning jasadi Antaliyadan Istanbulga olib kelingan va bugun “Istanbul-Toshkent” yo‘nalishi orqali vatanga yuboriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter