Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-yanvardan 20 ta idora to‘liq tugatilmoqda. Yangi vazirliklar ro‘yxati tasdiqlandi

1-yanvardan 20 ta idora to‘liq tugatilmoqda. Yangi vazirliklar ro‘yxati tasdiqlandi

Foto: «Xabar.uz»

«Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmon va uning ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha qaror imzolandi.

Unga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab:

Hukumatga bo‘ysunadigan ijro organlari soni 61 tadan 28 taga qisqartirilmoqda. Bunda, 20 ta idora to‘liq tugatilmoqda.

Shuningdek, barcha vazirliklarning shtatlari 30 foizgacha qisqartiriladi.

Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida davlat boshqaruvi idoralari faqat vazirlik, qo‘mita, agentlik va inspeksiyadan iborat bo‘ladi. Bunda, vazirlik tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul bo‘lib, tarmoqqa kiruvchi qo‘mita, agentlik va inspeksiyalarga rahbarlik qiladi.

Shuningdek, mavjud 25 ta vazirlik o‘rniga 21 ta vazirlik tashkil etiladi. Bular:

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;

- Iqtisodiyot va moliya vazirligi;

- Tog‘-kon va geologiya vazirligi;

- Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;

- Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;

- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;

- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi;

- Tabiat resurslari vazirligi;

- Yoshlar siyosati va sport vazirligi;

- Qishloq xo‘jaligi vazirligi;

- Suv xo‘jaligi vazirligi;

- Raqamli texnologiyalar vazirligi;

- Adliya vazirligi;

- Transport vazirligi;

- Madaniyat va turizm vazirligi;

- Mudofaa vazirligi;

- Energetika vazirligi;

- Sog‘liqni saqlash vazirligi;

- Tashqi ishlar vazirligi;

- Ichki ishlar vazirligi;

- Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring