Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

11-noyabr dam olish kuni etib belgilanishi mumkin

11-noyabr dam olish kuni etib belgilanishi mumkin

«O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasiga ko‘ra, 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini ishlanmaydigan bayram kunlari qatoriga qo‘shish belgilanmoqda.

Tegishli qonun loyihasi parlament quyi palatasidagi fraksiyalarda muhokama qilinmoqda. O‘zgarish amalga oshsa, bayram kunlari 10 taga yetadi.

Hozirda yurtimizda 9 ta ishlanmaydigan bayram kunlari mavjud:

  • 1-yanvar – Yangi yil;
  • 8-mart – Xotin-qizlar kuni;
  • 21-mart – Navro‘z bayrami;
  • 9-may – Xotira va qadrlash kuni;
  • 1-sentyabr – Mustaqillik kuni;
  • 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
  • 8-dekabr – Konstitutsiya kuni;
  • Ramazon hayitining birinchi kuni;
  • Qurbon hayitining birinchi kuni.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring