Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

15 kunlik ish uchun 5 000 000 dan 15 000 000 so‘mgacha maosh taklif qilinmoqda

15 kunlik ish uchun 5 000 000 dan 15 000 000 so‘mgacha maosh taklif qilinmoqda

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Xabaringiz bor, poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz»da koronavirus xastaligiga gumon qilinayotgan bemorlarni tekshiruv va tahlildan o‘tkazish uchun maxsus 500 o‘rinli Taqsimlash markazi tashkil etildi.

Toshkent shahar hokimligi tomonidan mazkur yangi quvvatni ishga tushirish uchun tibbiyot xodimlari ishga jalb qilinishi ma’lum qilindi.

Ish 15 kunlik navbatchilik tartibida tashkil qilinadi hamda xodimlarga quyidagi umumiy hisobdan:

  • vrachlarga 15 000 000 so‘m;
  • hamshiralarga 10 000 000 so‘m;
  • kichik tibbiyot xodimlariga 5 000 000 so‘m;
  • ko‘ngillilarga 5 000 000 so‘m
  • kunlik tartibda ish haqi to‘lanadi.

Ish vaqti 12 soatdan iborat bulib, 8 soat ish, 4 soat dam olish vaqti ko‘zda tutilgan.

Tibbiyot xodimlari tibbiy himoya vositalari bilan ta’minlanadi. Xodimlarga yotoqxona va ovqatlanish to‘liq tashkil qilingani holda, maoshlari har kuni to‘lab boriladi.

Murojaat uchun: 71 210 02 02, 71 210 02 31

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring