Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

16-dekabrda «Avatar-2» katta ekranlarga chiqadi. The Weeknd saundtrekdan parcha e’lon qildi (video)

16-dekabrda «Avatar-2» katta ekranlarga chiqadi. The Weeknd saundtrekdan parcha e’lon qildi (video)

The Weeknd «Avatar: Suv yo‘li» filmi saundtreki relizining taqdimot sanasini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun:  The Weeknd — kanadalik qo‘shiqchi va bastakor Eybel Makkonen Tesfayening taxallusi. U «Gremmi» mukofotini ikki marta qo‘lga kiritgan.

Qo‘shiq premerasi 16-dekabrda bo‘lib o‘tadi — xuddi shu kuni Jeyms Kemeron tasvirga olgan «Avatar»ning uzoq kutilgan davomi — «Avatar: Suv yo‘li» keng prokatga chiqariladi.

The Weeknd trekdan parchani ijtimoiy tarmoqlarda joyladi, «Avatar»ning ko‘k rangli «A» logotipidan uni oson tanib olamiz.

O‘z navbatida, kinoasar prodyuseri Jon Landau ijtimoiy tarmoqlarda The Weeknd bilan tushgan rasmini «Zola’u nìprrte» soaiane Avatar» yozuvi bilan birga tarqatdi, bu Na’vi tilida «Avatar oilasiga xush kelibsiz», degani. Na’vi — kinodagi to‘qima Pandora sayyorasida yashovchi xalq.

«Avatar»ning birinchisi ekranlarda 13 yil avval namoyish etilgandi. Jeyms Kemeronning blokbasteri ortda qolayotgan 2022-yilning eng yirik premerasi, qolaversa, o‘tgan 12 oyning eng ko‘p pul ishlagan filmi bo‘lishi kutilyapti. Kemeron franshizaning uchinchi qismini ham suratga olishni rejalashtirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring