Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2 ming nafarga yaqin xonanda soliq deklaratsiyasini topshirgan – Soliq qo‘mitasi

2 ming nafarga yaqin xonanda soliq deklaratsiyasini topshirgan – Soliq qo‘mitasi

Bir muddat avval Soliq qo‘mitasi «Konsert-tomosha faoliyati» xizmati bo‘yicha «Soliq» mobil ilovasida soliq deklaratsiyalarini yuborish yo‘lga qo‘yilgani haqida ma’lumot bergan edi.

Qayd etilishicha, ushbu xizmat xonanda va ijrochilarga yillik daromadlari bo‘yicha deklaratsiyani soliq organlariga taqdim etish imkonini beradi. Mazkur jarayon esa «O‘zbekkonsert» davlat muassasasining ma’lumotlar bazasi bilan soliq organlarining axborot tizimi integratsiya qilinishi natijasida yanada soddalashtirilgan.

«Shu sababli, «Konsert-tomosha faoliyati» bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan xonanda va ijrochilar «Soliq» mobil ilovasida shaxsini tasdiqlagach va Face ID’dan o‘tgach, ushbu xizmatdan avtomatik tarzda foydalanishlari mumkin.

Bugungi kunga qadar konsert-tomosha faoliyati litsenziyasiga ega bo‘lgan 1 954 nafar xonandalar daromadlari to‘g‘risida soliq deklaratsiyasini taqdim etgan», – deyiladi Qo‘mita xabarida.

 Eng ko‘p deklaratsiya topshirgan 5 ta hudud:

  • Xorazm viloyatida – 294 nafar;
  • Toshkent shahrida – 291 nafar.
  • Buxoro viloyatida – 212 nafar;
  • Samarqand viloyatida – 207 nafar;
  • Toshkent viloyatida – 157 nafar.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring