20 yoshli talaba Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida cho‘kib ketdi
2024-yil 19-iyun kuni 20 yoshli M.I. ismli talaba Yakkasaroy tumanida oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanalida cho‘kib, vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Marhumning jasadi sud-tibbiy ekspertizasi uchun olib ketilgan.
Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter