Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2020-yil 1-fevraldan daraxt kesishga moratoriy joriy etilishi mumkin

2020-yil 1-fevraldan daraxt kesishga moratoriy joriy etilishi mumkin

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov topshirig‘i bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni saqlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Bu haqda «Ekologuz» xabar berdi.

Qaror bilan davlat o‘rmon fondiga kiritilmagan daraxt va butalarning kesilishini eng kam darajaga tushirish, aholi punktlarida yashilliklarni saqlashga erishish rejalashtirilmoqda.

Hujjatda daraxt va butalar o‘sayotgan yer uchastkalarini taqdim etishga cheklov joriy etish, davlat o‘rmon fondiga kirmagan daraxt va butalarni kesish, kesilgan yashilliklar o‘rnini qoplash tartiblari, daraxtlarni kesish bo‘yicha istisno holatlarni belgilash, shuningdek, noqonuniy kesishlar uchun javobgarlikni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.

Loyihada 2020-yil 1-fevraliga qadar davlat o‘rmon fondiga kiritilmagan daraxtlarni kesishga moratoriy joriy etish rejalashtirilmoqda.

Aholi punktlarida daraxt va butalar o‘sayotgan yer maydonlarini tijorat maqsadlari uchun taqdim etish yoki ushbu maydondan tijorat maqsadlarida foydalanish yashilliklarga zarar yetkazsa, u yerda tijoriy faoliyat yuritish taqiqlanadi.

Yer maydonlarini boshqa maqsadlar (turar joy, ijtimoiy ob’yektlar, muhandislik va transport infratuzilmalari va boshqalar) uchun taqdim etishda yer uchastkasidagi daraxtlarning soni, aniq koordinatalari, turi, diametri, shoxlarining balandligi, shuningdek ularni muhofaza qilish shartlari ko‘rsatilishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring