Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2025-yilda rekord miqdorda jurnalistlar halok bo‘ldi

2025-yilda rekord miqdorda jurnalistlar halok bo‘ldi

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili butun dunyo bo‘ylab kamida 129 jurnalist va ommaviy axborot vositalari xodimi o‘ldirilgan.

Bu tashkilot tomonidan 1992-yildan boshlab bunday ma’lumotlarni e’lon qila boshlaganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. 2024-yilda 124 jurnalist o‘ldirilgan. 

CPJ ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p jurnalist (86) Isroil armiyasi tomonidan o‘ldirilgan. Sudanda to‘qqizta, Meksikada oltita jurnalist o‘ldirilgan. Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, to‘rtta ukrainalik jurnalist 2025-yilda Ukrainadagi mojaro paytida o‘ldirilgan. 

Hisobotga ko‘ra, o‘tgan yili harbiy mojarolar 104 jurnalistning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Qo‘mita dron hujumlaridan o‘lim sonining keskin oshganini ta’kidlaydi: 2023-yildagi ikkitadan 2025-yilda 39 tagacha. Bu kengroq tendensiyani aks ettiradi: dron hujumlari soni 2020 va 2024-yillar oralig‘ida 4000 foizdan ortiqqa oshdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring