Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

22-yanvar kuni havo iliqlashadimi? «O‘zgidromet» izohi

22-yanvar kuni havo iliqlashadimi? «O‘zgidromet» izohi

Foto: Xabar.uz

22-yanvar kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -3+2, ba’zi joylarda -5 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2 darajagacha soviydi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda , biroz qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -2-7 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring